23:03 / 28.10.2018
2 408

Suares "El Klasiko"dan keyin nimalar dedi?

Suares "El Klasiko"dan keyin nimalar dedi?
Bugun "El Klasiko"da xet-trikka erishgan "Barselona" hujumchisi Luis Suares o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Real"ning inqirozi? Biz ular bilan hamkasbmiz. Barcha futbolchilar o‘z-o‘zini tanqid qilib turishi kerak.

Ikkinchi bo‘limda raqiblar ham ko‘plab hujumlar uyushtirdi va yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ular bizga bo‘sh hududlar ochib berishgandi, bundan unumli foydalandik.

Albatta, Messi bo‘lganda o‘yinimiz yanada yaxshiroq bo‘lardi. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Biz usiz ko‘rsatgan o‘yinimiz darajasi bilan faxrlansak bo‘ladi. Biz buyuk murabbiyga ega jamoa ekanligimizni va Messisiz ham o‘ynay olishimizni isbotlay oldik.

Yaqindagina uchinchi farzandim dunyoga kelgandi. Bugun biz g‘alabaga erishdik. Bularning barchasi men uchun juda ham muhim", - dedi Suares.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suares "El Klasiko"dan keyin nimalar dedi?