
1 noyabr kuni Italiyaning "Yuventus" klubi tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan jamoaning butun dunyo bo‘ylab fan-klublari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Bu haqda klub "Twitter"dagi sahifasida xabar berdi.
Tanlov qoidasiga ko‘ra, har bir rasmiy fan-klub surat olib, uni "Yuventus"ga yuborishi lozim edi. Yuzdan ortiq mamlakatdan yuborilgan suratlar orasidan to‘rtta fan-klub g‘olib sifatida tanlandi.
G‘oliblar orasidan "Yuventus"ning O‘zbekistondagi rasmiy fan-klubi ham o‘rin oldi.
Turinning "Yuventus" klubi 1897 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar