"Bornmut" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uchrashuvning birinchi bo‘limida men o‘zimni APLdagi eng yomon murabbiy deb hisobladim. Haqiqatdan ham, juda yomon o‘yin namoyish qildik. Himoyada hujumdagi kabi juda-juda yomon harakatlar qildik. MYuning raqibga bosimini ko‘rish - juda ayanchli bo‘ldi.
Muxlislarning "hujum, hujum, hujum" deb baqirishlarini yoqtiraman. Biroq jamoa to‘pni yo‘qotgandan keyin ehtiyot bo‘lib, himoyada ishonchli o‘ynash kerak. Biroq biz barqaror bo‘la olmadik.
Tanaffusda futbolchilar bilan suhbatni o‘zimizning eng yaxshi davrlarimizni eslatishdan boshladim. Ikkinchi bo‘limda birinchisidagi kabi yomon o‘ynash mumkin emasligini aytdim. Men APLning eng omadli murabbiylaridan biri ekanligimni, shu boisdan ham jamoa 5:2 yoki 6:2 hisobida g‘alaba qozona olishimizni futbolchilarga uqtirdim. Ikkinchi taymda jamoa yaxshiroq o‘yin ko‘rsata boshladi. Anderni maydonga tushirganimdan xursand bo‘ldim. Bunday o‘yinlarda Errera juda ham asqotadi. U to‘p bilan tez ishlaydi va markazdagi muvozanatni ushlab turadi.
Tushuna olmayman, Yang va Reshford ajoyib vaziyatlarni ura olishmadi. Undan ham yomoni, o‘yinni yomon boshladim. Vaholanki, mening yordamchilarim jamoaning mavsumdagi eng yaxshi mashg‘ulotini o‘tkazishganini aytishgandi.", - dedi Mourino. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin