
Birinchi og‘ir (-90 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov 8 noyabr kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi ma’lum qildi.
Tursunovning aytishicha, ilk jangidagi raqibi meksikalik Migel Kubos bo‘ladi. Jang 8 noyabr (Toshkent vaqti bilan 9 noyabr tongi) kuni Kaliforniyada, Indio shahridagi "Fantasy Springs Casino" arenasida bo‘lib o‘tadi. Jang 4 raunddan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
29 yoshli Migel Kubos professional boksda 30 ta jang o‘tkazib, ularning 11tasida g‘alaba (8 ta nokaut) qozongan, 19 ta jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar