20:04 / 08.11.2018
3 313

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Dubai cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Dubai cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12-20 noyabr kunlari BAAda bo‘lib o‘tadigan “Dubai cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishadi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik futbolchilar Yaponiya, Quvayt va BAA terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

O‘FA matbuot xizmatiga ko‘ra, Olimpiya terma jamoasiga xorijdan murabbiy izlanmoqda. Ungacha esa terma jamoani Ravshan Haydarov boshqarib turadi.

Ravshan Haydarov Dubayga yo‘l oladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi:

Darvozabonlar: Umid Ergashev (Nasaf), Nizomiddin Ziyovutdinov (AGMK), Umid Hamroyev (Paxtakor)

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov (Mash’al), Ilhom Alijonov (Nasaf), Hojiakbar Alijonov (Paxtakor), Islom Qobilov (Bunyodkor), Husniddin G‘ofurov (Neftchi), Sherzod Nasrulloyev (Nasaf), Dilshod Saidov (Nasaf), Oybek Rustamov (Qo‘qon-1912).

Yarim himoyachilar: Abror Ismoilov (Neftchi), Farrux Ikromov (Bunyodkor), Oston Urunov (Navbahor), Davron Umirov (Metallurg), Sanjar Qodirqulov (Bunyodkor), Islom Kenjaboyev (Nasaf), Sharof Muhitdinov (Nasaf), Suhrob Nurulloyev (Metallurg), Islom Rashidxonov (Nasaf), Nurillo To‘xtasinov (So‘g‘diyona), Abdulla Abdullayev (Bunyodkor).

Hujumchilar: Azizbek Omonov (Lokomotiv), Mirjahon Mirahmadov (Bunyodkor), Bobur Abduholiqov (Nasaf).

“Dubai cup” xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvlar jadvali:

14 noyabr soat 17:15 BAA - Kuvayt, soat 20:00 O‘zbekiston – Yaponiya

17 noyabr soat 17:15 BAA – O‘zbekiston, soat 20:00 Yaponiya - Kuvayt

20 noyabr soat 17:15 Kuvayt – O‘zbekiston, soat 20:00 BAA – Yaponiya

Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Dubai cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi