
Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabr kuni AQShda o‘tkazadi.
Atlantik Sitidagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida o‘tkaziladigan jangda Ahmadaliyevga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Isak Zarate raqiblik qiladi. Murodjon ushbu jangda o‘zining WBA InterContinental kamarini himoya qiladi. U avgust oyida chililik bokschiga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi rauddayoq nokautga uchratgan edi.
Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan.
Zarate esa 22 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar