
Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi Isroil Madrimov faoliyatini professional boksda davom ettiradigan bo‘ldi. U Rossiyaning «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan.
«Hurmatli do‘stlar, men faoliyatimda muhim qadam tashlaganimni va professional boksga o‘tishimni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqdaman. Bu borada ko‘plab takliflar oldim va prof boksda o‘z kelajagimni ishonishim mumkin bo‘lgan «Mir boksa» tashkiloti bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Bunday imkoniyatga ega bo‘lganimdan juda xursandman va bundan minnatdorman», – dedi Isroil Madrimov.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov Indoneziya mezbonlik qilgan XVIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdori vazifasini bajargan va musobaqada oltin medalga ega chiqqandi.
Isroil professional boksdagi debyut jangini 24 noyabr kuni Atlantik-Siti shahrida o‘tkazadi. O‘sha kuni unga Viktor Ernandes raqiblik qiladi. Ernandes professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (6 ta jangda nokaut evaziga), 2 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar