O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabaringiz bor.
Bugun 13 noyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz Seul - Brisben yo‘nalishi bo‘ylab deyarli 10 soat davom etgan parvozdan so‘ng Avstraliyaga yetib kelishdi.
Futbolchilar avvaldan belgilanganidek Gold Kostdagi "Hilton Surfers Paradise" mehmonxonasiga joylashishdi. Terma jamoa a’zolari mehmonxonada hordiq chiqarishganidan so‘ng bugun kechqurun "CBUS Super Stadium" o‘yingohida mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, 20 noyabr kuni futbolchilarimiz Janubiy Koreya bilan kuch sinashishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi