
Kecha iqtidorli bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini o‘tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga AQShlik Isaak Zarate raqiblik qildi. Murodjon o‘n raundga mo‘ljallangan jangning to‘qqizinchi raundida raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba orqali hamyurtimiz o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev professional faoliyati davomida bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda besh marotaba ringga chiqqan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining to‘rttasini u nokaut evaziga o‘z foydasiga hal qilgan.
AQShlik 27 yoshli Zarate esa 23 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. Uchta jangda durang qayd etilgan va yana to‘rtta bahsda mag‘lub bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar