Tuxel: Klopp «Liverpul»ni mashinaga aylantirib qo‘ydi

Tuxel: Klopp «Liverpul»ni mashinaga aylantirib qo‘ydi
«PSJ» klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel YeChL 5-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, mersisaydlar ustozi Yurgen Kloppni maqtadi.

«Men «Liverpul»ning natijalariga zarracha hayron bo‘lmayapman. Yurgen ajoyib ishlarni bajardi, u buyuk murabbiy. Uch yarim yil ichida qanday natijalarga erishganini o‘zingiz ko‘rib turibsiz.

U birgina asosiy futbolchisini yo‘qotdi – Filipe Koutino. Keyin «Liverpul» futbolchilarni kashf qilishga yaxshi kirishdi. Klopp ushbu mashinani har uch kunda muvaffaqiyatli harakat qilishga o‘rgatdi.

O‘ylashimcha, bahs tezkor va hujumlarga boy bo‘ladi. Ammo bizning arsenalda o‘yinni foydamizga hal qilib bera oladigan qurollar bor», — deydi Tuxel.

Manba: www.uff.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar