00:27 / 08.12.2018
3 564

Superligada noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi

Superligada noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi noyabr oyining eng yaxshilarini e’lon qildi.

Eng chiroyli gol muallifi – Azizbek Haydarov

“Bunyodkor” jamoasi a’zosi Azizbek Haydarov tomonidan “Lokomotiv” jamoasi darvozasiga kiritilgan super-gol eng ko‘p ochko jamg‘ardi. Ovoz berish jarayonida Azizbek Haydarov Igor Yelich hamda Oybek Nurmatovni katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eng yaxshi darvozabon – Ignatiy Nesterov

Milliy terma jamoamiz darvozaboni o‘tgan oyda 4ta o‘yinda “temiryo‘lchilar” darvozasini qo‘riqlab, ulardan 2tasini quruq o‘tkazdi, ya’ni o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi

Eng yaxshi murabbiy – Andrey Fyodorov

“Lokomotiv” ortda qolgan oyda 5ta o‘yin o‘tkazib, 4ta g‘alaba va 1ta durang qayd etdi. Jamoa mavsum so‘nggida Superliga chempionligini tantana qildi. U so‘rovnomada No‘’mon Xasanov hamda Ro‘ziqul Berdiyevni ortda qoldirib ketdi.

Eng yaxshi futbolchi – Tiago Bezerra

Bezerra ortda qolgan oyda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Bezerra Marat Bikmayevni kichik farq bilan ortda qoldirdi. Aslida murabbiylar va sardorlarning ovozlari bo‘yicha ushbu ikki nafar o‘yinchi bir xil ochko jamg‘ardi. Yakunda hal qiluvchi o‘rinni muxlislar bergan ovoz hal qildi va Bezerra Bikmayevdan 2 ochkogagina ilgarilab, mavsum-2018ning oxirgi oyida tashkil etilgan so‘rovnomada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi