Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rossiyalik 11 sportchi va ularning jamoaviy sport turlari bo‘yicha jamoadoshlarini Sochidagi qishki Olimpiadada qo‘lga kiritgan medallarini qaytarishni talab qildi.
“XOQ Sochidagi Olimpiadada aksildoping qoidalarni buzganliklari Sport arbitraj sudi tomonidan tasdiqlangan 11 rossiyalik sportchidan medallarni qaytarishni talab qildi”, deyilgan XOQ xabarida.
Ro‘yxatga quyidagi sportchilar kirgan: bobsleychilar Aleksandr Zubkov, Aleksey Voyevoda, Aleksandr Kasyanov, Aleksey Pushkarev, Ilvir Xuzin, chang‘ichilar - Yuliya Ivanova, Yuliya Chekaleva, Anastasiya Dotsenko, ayol xokkeychilar - Galina Skiba, Anna Shibanova va Inna Dyubanok. Sochidagi Olimpiadada Zubkov va Voyevoda ikkiliklar va to‘rtliklar bahslarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Ular bilan birga to‘rtlik bahslarida Aleksey Negodaylo va Dmitriy Trunenkov ham ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?