Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rossiyalik 11 sportchi va ularning jamoaviy sport turlari bo‘yicha jamoadoshlarini Sochidagi qishki Olimpiadada qo‘lga kiritgan medallarini qaytarishni talab qildi.
“XOQ Sochidagi Olimpiadada aksildoping qoidalarni buzganliklari Sport arbitraj sudi tomonidan tasdiqlangan 11 rossiyalik sportchidan medallarni qaytarishni talab qildi”, deyilgan XOQ xabarida.
Ro‘yxatga quyidagi sportchilar kirgan: bobsleychilar Aleksandr Zubkov, Aleksey Voyevoda, Aleksandr Kasyanov, Aleksey Pushkarev, Ilvir Xuzin, chang‘ichilar - Yuliya Ivanova, Yuliya Chekaleva, Anastasiya Dotsenko, ayol xokkeychilar - Galina Skiba, Anna Shibanova va Inna Dyubanok. Sochidagi Olimpiadada Zubkov va Voyevoda ikkiliklar va to‘rtliklar bahslarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Ular bilan birga to‘rtlik bahslarida Aleksey Negodaylo va Dmitriy Trunenkov ham ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?