date

Mirjalol Qosimov Avstraliyaga olib ketadigan 23 futbolchining ro‘yxati OAVda paydo bo‘ldi

Mirjalol Qosimov Avstraliyaga olib ketadigan 23 futbolchining ro‘yxati OAVda paydo bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 final bosqichida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi OAVda paydo bo‘ldi. Haqiqiyligi tasdiqlanmagan tarkib Sports.uz tomonidan e’lon qilingan, deb yozadi kun.uz.

Avvalroq, terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov BAAda tashkil etilgan yig‘inga 26 nafar futbolchini jalb qilgan, biroq yig‘in yakuni bo‘yicha ulardan uch nafari Osiyo Kubogiga bora olmasligi aniq edi. Faqat bu uch futbolchi kim bo‘lishi noma’lum edi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi qaroriga asosan, “Lokomotiv” himoyachisi Bobur Yo‘ldoshev, “Bunyodkor” yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov va 2014 yilgi mavsumni “Qizilqum”da yakunlagan hujumchi Navro‘z Alimov 2015 yilning yanvar oyida Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Sports.uz’ning qayd etishicha, yakuniy 23talik tarkibdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan (biroq ushbu tarkibning haqiqiyligi rasman tasdiqlanganicha yo‘q):

Darvozabonlar – 1. Eldor Suyunov (“Nasaf”), 12. Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), 21. Akbar To‘raev (“Bunyodkor”);

Himoyachilar – 2. Egor Krimes (“Paxtakor”), 3. Shavkat Mullajonov (“Lokomotiv”), 5. Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatai”, Xitoy), 14. Shuhrat Muhammadiev (“Nasaf”), 19. Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), 20. Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), 22. Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Akmal Shorahmedov (“Bunyodkor”);

Yarim himoyachilar – 4. Sardor Rashidov (“Bunyodkor”), 7. Aziz Haydarov (“Ash-Shabob”, BAA), 8. Server Jeparov (“Syongnam”, Janubiy Koreya), 9. Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), 10. Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), 13. Lutfulla To‘raev (“Lokomotiv”), 15. Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), 17. Sanjar Tursunov (“Vorskla”, Ukraina), 18. Temur Kapadze (klubsiz);

Hujumchilar – 6. Bahodir Nasimov (“Padideh”, Eron), 11. Igor Sergeev (“Paxtakor”), 16. Vohid Shodiev (“Bunyodkor”).

Avvalroq, 30 dekabr, seshanba kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi, aynan shu anjuman doirasida terma jamoaning Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi tarkibi e’lon qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov Avstraliyaga olib ketadigan 23 futbolchining ro‘yxati OAVda paydo bo‘ldi