O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2019 yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olganidan xabaringiz bor. Ummon va Turkmanistonga qarshi terma jamoamiz o‘yinlari statistikasi e’tiboringizga havola qilindi. Endi esa Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘yinlarimizni yodga olamiz.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi jami 10ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 1ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 3ta o‘yin durang bilan tugagan, 6ta uchrashuvda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rganmiz. To‘plar nisbati 9-28 — Yaponiya foydasiga.
Tariximizdagi yagona g‘alabani 2012 yil 29 fevral kuni qo‘lga kiritganmiz. O‘shanda Aleksandr Shadrin tomonidan kiritilgan yagona gol vakillarimizga g‘alaba taqdim qilgandi.
11.09.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 1:0
09.12.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 4:0
07.09.1997 Yaponiya - O‘zbekiston 6:3
11.10.1997 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1
17.10.2000 Yaponiya - O‘zbekiston 8:1
15.10.2008 Yaponiya - O‘zbekiston 1:1
06.06.2009 O‘zbekiston - Yaponiya 0:1
06.09.2011 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1
29.02.2012 Yaponiya - O‘zbekiston 0:1
31.03.2015 Yaponiya - O‘zbekiston 5:1
Yaponiya ayni paytda FIFA reytingida 50-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 3-pog‘onani egallab turibdi. "Samuraylar" Osiyo Kuboklarida hammadan ko‘p jami 4 marta g‘alaba qozonishgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillar). Jami 8 marta Osiyo Kubogida ishtirok etib, 41 ta o‘yin o‘tkazishgan. Shulardan 24 tasida g‘alaba qozonib, 12 ta o‘yinda durang qayd etishgan va atigi 5 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi