
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba APL 20-turining "Bornmut"ga qarshi uchrashuvi haqida fikr bildirib o‘tdi.
"Bizga g‘alaba kerak edi va biz a’lo darajada o‘ynadik. Izlanishda davom etamiz. Hali uzoq yo‘lni bosib o‘tishimiz lozim. Yilni shunday yakunlaganimiz ajoyib bo‘ldi.
Sulsher kelganidan so‘ng, murabbiydan qoniqish his qildik. APLda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishimiz kerak. Avvalgi murabbiy bilan ham g‘alaba qozonardik. Lekin hozir bizda o‘yin uclubi boshqacha. MYu endi bor e’tiborini hujumga qaratgan. Aynan xohlaganimizdek ko‘proq vaziyatlar yaratamiz", – deya Pogbaning so‘zlarini keltiradi BBC nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing