
Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Ummon (4:0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab raqib jamoa bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiyev ishtirok etdi.
-O‘zbekiston terma jamoasidan shunday o‘yin kutganmidingiz? Chunki jamoangizda qandaydir yaxlitlik ko‘rinmadi?
-Men faqat O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklashim mumkin.
-Jamoangiz Yaponiyaga qarshi yomon ko‘rinmagandi. Bugun nima bo‘ldi?
-Aynan shuni o‘zim ham tushuna olmayapman.
-Jamoangiz tarkibida asosan bir klub futbolchilari to‘p suradi. Bunga sabab nimada, ichki birinchilikda raqobat yo‘qmi?
-Jamoam tarkibida faqat bir klub futbolchilari o‘ynamaydi. Bitta klubdan faqat yetti futbolchi bor, holos.
-Jamoangizda hamon imkoniyat bormi?
-Ha, biz hamon guruhdan chiqish imkoniyatiga egamiz.
-O‘zbekiston terma jamoasi himoyada o‘ynashi kutilgandi, ammo hujumga o‘tdi. Raqibning g‘alabasiga shu sabab bo‘ldimi?
-Bu savolga javob berishni istamayman. No comment!
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar