20:37 / 15.01.2019
3 572

Avstraliya termasi Suriyani musobaqadan chiqarib yubordi

Avstraliya termasi Suriyani musobaqadan chiqarib yubordi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining V guruhi vakillari 3-turi doirasida o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi.
Avstraliya va Suriya terma jamoalari Al-Ayn shahrida o‘yin o‘tkazishdi. Uchrashuv ikkala jamoaning faolligida boshlandi, biroq hisob 41-daqiqaga kelib ochildi. Aver Mabil jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, jamoaisni oldinga olib chiqdi.

Biroq suriyaliklar bu golga darhol javob qaytarishdi, Umar Xrbin jamoasining hujumini gol bilan yakunlab muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limning debyutida Kris Ikonomidis yana “yashil qit’a” vakillarini oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng Suriya futbolchilari raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar sodir etishdi, biroq ular ha deganda samara bermadi.

O‘yinyakunlanishi arafsida hakam Avstraliya darvozasi tomon penalti belgiladi, un Umar As-Soma aniq bajardi va hisobni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarda suriyaliklar harchand urinishmasin g‘alaba golini kirita olishmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Tom Rogich o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Falastin termasi Iordaniya bilan durang o‘ynadi.
Shu tariqa, guruhdagi so‘nggi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. Iordaniya (7); 2. Avstraliya (6); 3. Falastin (2); 4. Suriya (1).
Iordaniya va Avstraliya pley-offga yo‘l olishdi. Suriya esa guruhda qolib keldi.
Osiyo Kubogi-2019, 3-tur
Avstraliya – Suriya 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar:
1:0 – 41 Mabil, 1:1 – 43 Xrbin, 2:1 – 54 Ikonomidis, 2:2 – 80, penalti As-Soma, 3:2 - 90+2 Rogich.
Avstraliya – Metyu Rayan, Aziz Bexich, Mark Miligan, Milosh Degenek, Rayan Grand, Tom Rogich, Aver Mabil (Robbi Kruz, 82), Kris Ikonomidis, Jekson Irving, Massimo Luongo (Metyu Yurman, 90+1), Jeymi Maklaren.
Suriya – Ibrohim Alma, Husayn Al-Javid (Abdulmalik Alanizon, 74), Omro Al-Midaniy, Muayyad Al Ajan, Ahmad Al Solih, Xolid Al-Mubayid, Tamer Haj Muhammad, Umar Xrbin, Mahmud Al-Movas, Umar As-Soma, Muhammad Usmon (Fahad Yussuf, 72).

Falastin – Iordaniya 0:0 (0:0, 0:0)
Falastin – Rami Hamada, Abdulloh Jaber, Muhammad Rashid, Abdullatif Al Badari, Musab Battat, Muhammad Solih, Tamer Seyam, Muhammad Darvish, Oday Dabbag‘, Muhammad Vadi, Yosir Islom.
Iordaniya: Amir Sha’fi, Tariq Xattab, Ehson Manel Hadad, Feras Shilbaya, Anas Baniy Yossin, Baha Abdulrahmon, Ahmad Ersan, Xalil Bani Atoyah, Yosin Baxet, , Said Al Murjan, Ahmad Solih.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliya termasi Suriyani musobaqadan chiqarib yubordi