Tezkor xabar! PFL xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish4.1K
Tezkor xabar! PFL xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi o‘zbek futbolida korrupsiya, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlarni yo‘qotish va ularga qarshi kurashish yo‘lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mana shunday noqonuniy harakatlar bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash va tegishli huquq-tartibot organlariga topshirish maqsadida muntazam ravishda tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday tekshiruv ishlari natijasida PFL Sport bo‘limi mutaxassisi Rodion Kondratyev ta’magirlik bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi.

U Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani "Yoshlar Ittifoqi"ning "Ittifoq" jamoasini Pro-liganing "V" ligasida ishtirok etishi uchun litsenziyalashdan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan. Bu haqida xabar topgan O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o‘tkazdi. Ana shu tadbir natijasida bugun Rodion Kondratyev O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining yonida 1 500 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasida jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Endilikda Rodion Kondratyev o‘z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javogarlikka tortiladi. Shuningdek, Rodion Kondratyev bilan birgalikda mana shunday ta’magarlikka qo‘l urgan jinoiy sheriklari ham qonun oldida javob beradi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu holat mana shunday nopok maqsadlarni ko‘zlab yurgan boshqa shaxslarga ham ibrat bo‘lishiga umid bildirib, kimki poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi illatlar orqali o‘zbek futboli rivojiga to‘sqinlik qilishga urinadigan bo‘lsa, qonunda belgilangan qat’iy jazoga tortilishi bo‘yicha ogohlantiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?