Kecha, 15 fevral kuni Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino hamda Qatarda 2022 yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchilari Istanbul shahrida uchrashishdi. Bu haqda «Kuwait News Agency» xabar berdi.
Tomonlar mazkur turnirda qatnashadigan jamoalar sonini 32 tadan 48 taga oshirish masalasini muhokama qilishgan. "Bu masalaga optimistik ruhda qarayapman, ammo oson bo‘lmaydi" - deydi FIFA rahbari.
2026 yili Meksika, Kanada va AQSh mezbonlik qiladigan JCh final bosqichida 48 terma jamoa qatnashadi.
Ulkan qadamni tashlash uchun Infantino 2026 yilni kutib o‘tirmoqchi emas, u «eng katta» jahon chempionatini kichik mamlakat — Qatardayoq boshlamoqchi, faqat ayrim o‘yinlar bu mamlakat tashqarisida o‘tkaziladi. FIFA rahbari vazifa uddalanishiga ishonmoqda, shunga qaramay turnir qatnashchilari sonining oshirilishi tashkilotchilar yumushini ancha ko‘paytirishi bor gap.
Qatar futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Yaqin Sharqdagi ilk mamlakat bo‘ladi. Turnir o‘yinlari 2022 yilning 21 noyabrida boshlanib, 18 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?