18:08 / 06.03.2019
3 527

Zabihillo Oʻrinboyev Yaponiya klubiga oʻtdi

Zabihillo Oʻrinboyev Yaponiya klubiga oʻtdi
Joriy mavsum oldidan bir qator futbolchilarimiz xorij chempionatlariga yoʻl olishmoqda.
Jumladan, bir necha yillar davomida Oʻzbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida toʻp tepib kelgan Zabihillo Oʻrinboyev Yaponiya Jey-liga 2da harakat qiladigan “Tokusima Vortis” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda futbol agenti Sanʼat Sharipov oʻzining tvitterdagi sahifasida maʼlum qildi. Bundan tashqari, tokusimaliklar rasmiy sayti ham Oʻrinboyev bilan shartnoma tuzilgani haqida xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, “Paxtakor”ga tegishli boʻlgan Zabihillo oʻtgan mavsumni ijara asosida Bekobodning “Metallurg” klubida oʻtkazgan va 24 ta oʻyinda ikkita gol urgan edi.

Maʼlumot uchun, “Tokusima Vortis” klubiga 1955 yilda asos solingan. Jamoa uy uchrashuvlarini 20 ming muxlisga moʻljallangan “Naruto Atletik” stadionida oʻtkazadi. Bosh murabbiyi ispaniyalik Abel Mourelo Lopez.
“Tokusima Vortis” ayni paytda J2 ligasida ikki oʻyindan soʻng 3 ochko bilan 22 jamoa orasida 11-pogʻonada bormoqda. Toʻplar nisbati - 4:4.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zabihillo Oʻrinboyev Yaponiya klubiga oʻtdi