09:18 / 13.03.2019
3 316

“Manchester Siti” oʻzida “Shalke”ga javobsiz yettita gol urdi (video)

“Manchester Siti” oʻzida “Shalke”ga javobsiz yettita gol urdi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan oʻrin olgan “Manchester Siti” – “Shalke-04” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Etixad Stedium”da boʻlib oʻtgan bahsda mezbonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Serxio Aguero penaltini aniq bajarib, hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa oʻtib argentinalik futbolchi dublini nishonladi. Birinchi boʻlim yakunlanishi arafasida Leroy Sane hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.

Mankunianlar ikkinchi boʻlimda ham gol urishdan toʻxtashmadi. 56-daqiqada Raxim Sterling jamoasining toʻrtinchi golini urgan boʻlsa, 71-daqiqada Bernardu Silva hisobni 5:0 koʻrinishga keltirdi.

Oradan koʻp oʻtmay Foden mankunianlarning yana bir golini urdi. 84-daqiqada Gabriel Jesus oʻyinga nuqta qoʻygan golga muallif boʻldi.
Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari ikkinchi uchrashuvda ham gʻalabani qoʻlga kiritgan holda keyingi bosqchiga yoʻl olishdi.

Chempionlar ligasi
1/8 final, javob bahsi
Manchester Siti Angliya – Shalke Germaniya 7:0 (3:0, 4:0)
Gollar:
1:0 – 35, penalti Aguero, 2:0 – 38 Aguero, 3:0 – 42 Sane, 4:0 – 56 Sterling, 5:0 – 71 Bernardu Silva, 6:0 – 78 Foden, 7:0 – 84 Gabriel Jezus.
Manchester Siti – Ederson, Danilo, Laport (Delf, 72), Uoker, Zinchenko, Gyundogan, Silva (Foden, 64), Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero (Gabriel Jezus, 64).
Shalke – Fermann, Sane, Stambuli, Bruma, Konoplyanka, Ochipka, Serdar, Bentaleb, Makkenni (Mendil, 74), Embolo (Skribski, 69), Burgshtaller (Toyxert, 79).
Ogohlantirishlar: Bruma (33), Danilo (48), Zinchenko (69).

Ilk oʻyin – 3:2

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” oʻzida “Shalke”ga javobsiz yettita gol urdi (video)