“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1/8 finalining “Atletiko”ga qarshi javob oʻyinidagi (3:0) nomaʼqul xatti-harakati uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Xabarda aytilishicha, UYEFA portugaliyalik futbolchini YECHLda bir oʻyindan uchta oʻyingacha chetlatishi va italyan klubiga jarima solishi ehtimoli bor. Bu holatda Ronaldu “Ayaks”ga qarshi chorak final oʻyinlarini oʻtkazib yuborishiga majbur boʻlishi mumkin.
ASʻning yozishicha, ayni masalada tashabbus “Atletiko”dan chiqishi, madridliklar klubi hujumchini jazoga tortishni soʻrab, UYEFAga rasmiy xat bilan chiqishi ehtimoldan yiroq emas. Ushbu klub bosh murabbiyi Diyego Simeone nimchorak finalning dastlabki oʻyinidagi ana shunday harakati uchun 20 ming yevro jarimaga tortilgandi.
Turinliklar YECHL chorak finalida 10 aprel kuni Amsterdamda mehmon boʻlib, javob bahsini 16 aprel kuni oʻz maydonlarida oʻtkazishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi