O‘zbekiston terma jamoasi sardori va “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionatida to‘p surayotgan paytda Yevropadan takliflar bo‘lganini tasdiqladi.
— Xitoyga ketishingizdan oldin Yevropadan, xususan Fransiya chempionatidan taklif bo‘lgani haqida xabarlar chiqqandi. Shu to‘g‘rimi?
—Ha, to‘g‘ri. “Nitssa”ga o‘tish varianti bor edi. Ammo “Shanxay” bildirgan taklif, meni ham, o‘sha paytdagi klubim – “Krasnodar”ni ham to‘la qoniqtirgandi. Shu sabab, Xitoyga ketishga qaror qilgandim.
— “Anji”da to‘p surayotgan paytingizda Londonning “Arsenal” jamoasidan taklif bo‘lgani haqida mish-mishlar yurardi. Bu haqiqatga qanchalar yaqin?
— Ha, shunaqasi bo‘lgandi. “Anji”ga taklif kelib tushgan, ammo o‘sha paytda maxachqal’aliklar klubi katta loyiha edi va oldiga juda katta maqsadlarni qo‘ygandi. Menga klubning muhim futbolchisi sifatida qararashar edi, - deydi Ahmedov “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat