Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" stadionida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi.
O‘yin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining ustunligi ostida o‘tdi. Terma jamoamiz bu o‘yinda g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Ammo Jasur Jaloliddinov 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Endilikda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 23 may kuni Namanganda Berlin jamoasi bilan yana bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston yo.t.j. - Berlin U-18 1:1
Gollar: Hojimat Erkinov (52) - Til Mashkovski
O‘zbekiston yo.t.j.: Abduvaxid Ne’matov, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev,
Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov, Sunattilla Hamidjonov, Ruslan Roziyev, Diyor Xolmatov, Ulug‘bek Hoshimov, Diyor Rahmonqulov.
Berlin U-18: Florian Xorenbur, Xarit Bakats, Serxat Polat, Hoqon Dundar, Laurens Del, Linus Fuyertenou, Maksi Skinbauyer, Til Mashkovski, Nua Shmits, Berat Erdogan, Mattias Koch.
Amalga oshirilmagan penalti: J.Jaloliddinov (22)
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi