Hakamlikka ixtisoslashgan blog Ravshan Ermatovni jahonning 2014 yildagi 12-hakami deb e’tirof etdi

Hakamlikka ixtisoslashgan blog Ravshan Ermatovni jahonning 2014 yildagi 12-hakami deb e’tirof etdi
Hakamlikka ixtisoslashgan blog Ravshan Ermatovni jahonning 2014 yildagi 12-hakami deb e’tirof etdi

Futbol hakamlari faoliyatini yoritib boruvchi footballrefereeing.blogspot.com blogi jahon hakamlarinin 2014 yilgi reytingini tuzib chiqdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Blog 17 ovoz beruvchi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan; blogda bu ovoz beruvchilar aynan kimligi aytilmagan, biroq ularning 15 nafari yevropalik ekani va ular bilan yil davomida hamkorlik qilingani ta’kidlangan.

Stadion.uz’ning yozishicha , Yevropa Chempionlar ligasi finalini boshqargan gollandiyalik Born Kupers birinchi (304 ball), JCh-2014 finalini boshqargan italiyalik Nikola Rissoli ikkinchi (243 ball) va JCh-2014da 3ta o‘yinda hakamlik qilgan argentinalik Nestor Pitana uchinchi (228 ball) o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston FIFA referisi Ravshan Ermatov 83 ball to‘plagani holda reytingda 12-o‘rinni egallagan. Qayd etish joiz, Ravshan Ermatov 2014 yili Jahon chempionatlari final bosqichida boshqargan o‘yinlari soni bo‘yicha futbol tarixidagi rekordni o‘rnatgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar