
Xiva shahrida ilk bor Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan «Bahodirlar o‘yinlari» xalqaro turniri bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqada qatnashchilari «Xiva» temir yo‘l vokzalida «O‘zbekiston poyezdi» sharti bo‘yicha lokomotiv(teplovoz)ni 20 metr masofaga tortish bo‘yicha bahs yuritishdi. Ularning mahoratini yuzlab muxlislar kuzatishdi.
Sportchilarning chiqishlarini xorijiy hakamlar boshqarib borishmoqda.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, ushbu mashqni bajarishda birinchi o‘rinni Ukrainaning 2019 yilgi chempioni Pavlo Kordiyaka egalladi. Ikkinchi o‘ringa O‘zbekistonning 46 karra, jahonning ikki marta chempioni va Osiyoning mutlaq g‘olibi Sergey Trubitsin sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni esa Janubiy Amerikaning 2018 yilgi eng kuchli odami Vagner Menetses Dos Santos band etdi.


«Bahodirlar o‘yinlari» g‘olib va sovrindorlari alohida shart bo‘yicha emas, yettita shart jarayonida yig‘ilgan jami ochkolar bo‘yicha aniqlanadi.
«Turnirimiz o‘ziga xos jozibadorligi bilan barchaga xush kayfiyat bag‘ishlayapti. Binobarin, jahonning eng kuchli polvonlarining kuch-quvvatini, mahoratini bevosita tomosha qilish imkoniyati hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Bugun kechqurun musobaqamizning g‘olib va sovrindorlarining nomi ma’lum bo‘ladi», - deya viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Madaminovning so‘zlarini keltirmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Xiva ShahriBahodirlar O'yinlariPahlavon MahmudO'zbekiston PoyezdiSport MusobaqasiJahon Polvonlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar