22:50 / 21.06.2019
3 100

"Paxtakor" o‘zida "Qizilqum" darvozasiga javobsiz 8 ta to‘p kiritdi

"Paxtakor" o‘zida "Qizilqum" darvozasiga javobsiz 8 ta to‘p kiritdi
O‘zbekiston chempionatining 12-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Qizilqum" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Maydon egalari safida Igor Sergeyev xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Marat Bikmayev va Dragan Cheranlar dublga erishishdi. Shuningdek, Vladimir Kozak ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Paxtakor" ochkolarini 32taga yetkazib olgan holda peshqadamlikda davom etirmoqda. "Qizilqum" (11) esa 10-o‘rinda qoldi.

Sosa Sola Superliga, 12-tur

"Paxtakor" – "Qizilqum" 8:0 (4:0, 4:0)
Gollar:
1:0 – 7 Bikmayev, 2:0 – 13 Sergeyev, 3:0 – 21 Bikmayev, 4:0 – 45 Cheran, 5:0 – 62 Sergeyev, 6:0 – 73, penalti Cheran, 7:0 – 83 Kozak, 8:0 – 84 Sergeyev.

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiyev (Akrom Komilov, 46), Yegor Krimets, Sherzod A’zamov (Marko Simich, 64), Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 68), Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Marat Bikmayev, Igor Sergeyev.

"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Murod Bobojonov (Sardor Jahonov, 24), Alisher Sanoyev, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev (Elguja Grigalashvili, 46), Xurshid Olimov, Maqsud Karimov, Suhrob Yarashev, Medina Smit.

Ogohlantirish: Grigalashvili (69).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" o‘zida "Qizilqum" darvozasiga javobsiz 8 ta to‘p kiritdi