19:10 / 07.09.2019
2 457

Lyubinko Drulovich: O‘rtoqlik o‘yinlarining jamoaviy o‘yinni shakllantirishda o‘rni beqiyos

Lyubinko Drulovich: O‘rtoqlik o‘yinlarining jamoaviy o‘yinni shakllantirishda o‘rni beqiyos
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Olmaliqda Eron olimpiya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Eron olimpiya terma jamoasi ustozi Farhad Majidi o‘yindan so‘ng quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Bugungi uchrashuv har ikki jamoa uchun ham ancha foydali o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bugun uchrashuvni yomon boshlamadik. Ayniqsa, birinchi bo‘limni ancha yaxshi o‘tkaza oldik. Lekin ikkinchi bo‘limda tashabbus asosan raqib tomonga o‘tdi. Qolaversa, ikkinchi bo‘limda ayrim vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik va yakunda xatolar evaziga o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Biroq vaziyatni o‘yin so‘nggiga qadar o‘nglashni uddalay olmadik. Shundan bo‘lsa-da aytishim mumkinki, bugungi o‘yin biz uchun ham ancha foydali bo‘ldi, - dedi mutaxassis.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘yindan so‘ng quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Bugun birinchi bo‘limda jamoam namoyish etgan o‘yindan aslo ko‘nglim to‘lmadi. Shu sabab ikkinchi bo‘limda yigitlarni faolroq bo‘lishga chorladim. Natijada ikkinchi taymni ancha yaxshi o‘tkazdik. Harakatlar natijasi o‘laroq raqib darvozasini ishg‘ol etishga ham muvaffaq bo‘ldik. Bizda o‘yin oxiriga kelib qulay vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Agar ulardan ham unumli foydalanganimizda hisob yirikroq bo‘lishi ham mumkin edi.

Bunday o‘rtoqlik o‘yinlari jamoaviy o‘yinni shakllantirish, qolaversa, mavjud kamchiliklarni ko‘rib olish uchun juda ham foydali. Bugun bizni stadionga qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan barcha ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

9 sentyabrda Eron olimpiya termasiga qarshi “Paxtakor” stadionida ham o‘yin o‘tkazamiz. Barcha ishqibozlarni stadionga chorlab qolaman, - dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lyubinko Drulovich: O‘rtoqlik o‘yinlarining jamoaviy o‘yinni shakllantirishda o‘rni beqiyos