Bukmekerlar: O‘zbekistonning Osiyo kubogi-2015dagi g‘olibligi — 16,0 koeffitsient

Bukmekerlar: O‘zbekistonning Osiyo kubogi-2015dagi g‘olibligi — 16,0 koeffitsient
Bukmekerlar: O‘zbekistonning Osiyo kubogi-2015dagi g‘olibligi — 16,0 koeffisient

Bukmekerlar Osiyo kubogi-2015 ishtirok etuvchi mamlakatlarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatini baholab, ularga koeffitsientlarni belgilashdi.

Eng yuqori baho Yaponiya terma jamoasiga berildi — 3,0 koeffitsient. Ikkinchi o‘rinda mezbona Avstraliya terma jamoasi — 3,75. Janubiy Koreyaning qit’a chempionatida g‘olib chiqishi uchun 6,0 koeffitsient berildi.

Bu borada Eron terma jamoasi to‘rtinchi o‘rinda (8,00) qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekistonning chempionligi uchun 17,0 koeffitsient belgilandi. Imkoniyati eng past baholangan terma jamoa — KXDR (67,0).

Saudiya Arabistonining imkoniyatlari 23,0ga baholangan bo‘lsa, BAA va Xitoyning g‘olibligiga bir xil koeffitsient (26,0) berilgan.

Manba: www.stadion.uz

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar