17:17 / 30.09.2019
2 755

Braziliya jamoasi bitta o‘yinda 56 ta gol urdi

Braziliya jamoasi bitta o‘yinda 56 ta gol urdi
Futbol bo‘yicha Braziliya chempionatida futbol tarixidagi eng samarali uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Rio-de-Janeyroda ayollar o‘rtasidagi musobaqada “Flamengo” klubining futbolchilari “Gremino” klubini 56:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida “Flamengo” sportchilari raqiblarini 12:0 hisobida mag‘lub etishdi va jamoalar tanaffusga 29:0 hisobida chiqib ketishdi. Uchrashuvning eng sermahsul futbolchisi 14 ta to‘p kiritgan Flaviya bo‘ldi.

Ushbu uchrashuv natijasi bitta o‘yinda urilgan gollar soni bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi. Birinchi o‘rinni 2002 yilda Madagaskar chempionatining uchrashuvi egallab turibdi, unda hakamning so‘nggi hushtagi 149:0 hisobida jamoalardan birining g‘alabasini qayd etgan.

Bu o‘yin bir sababga ko‘ra sodir bo‘ldi - yutqazgan tomonning o‘yinchilari hakamlar brigadasi ishiga norozilik sifatida atayin o‘z darvozalariga ketma-ket to‘p kiritishgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliya jamoasi bitta o‘yinda 56 ta gol urdi