
2021 yildan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida videotakrorlardan foydalanish joriy etiladi. Bu haqda «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida keltirilgan.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bir nechta takliflari keltirilgan.
Jumladan, xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish belgilangan.
Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Farmon loyihasi muhokamasi 2019 yil 29 noyabrgacha davom etadi.
O‘zbekiston RespublikasiFutbol ChempionatiVideo TakrorlarVAR TizimiSport VazirligiXalqaro Futbol O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar