Felish Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Felish Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Joau Felish Golden Boy-2019 mukofoti sohibi bo‘ldi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Aytish kerakki ushbu mukofot 21 yoshdan katta bo‘lmagan yevropalik futbolchiga beriladi. Felish sport jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan. Portugaliyalik “yangi Ronaldu” jami 332 ta ovoz to‘plagan.

Bu borada Felishdan keyingi o‘rinlarni "Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sancho (175) va "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverslar (75) egallashdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar