
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Inter"da ishlab yurgan paytlari Samyuel Eto'Oni himoyada o‘ynatgani haqida gapirdi.
"Inter"daligimda YeChL yarim finalida "Barselona"ga qarshi 10 kishi bo‘lib o‘ynayotgandik.
O‘tgan 10 yillikning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan Samyuel Eto'O o‘sha uchrashuvda o‘ng qanot himoyasida harakat qilgan. Keyin biz finalga chiqdik. Ikki haftadan keyin finalda ham g‘alabaga erishdik va tarixga kirdik! Dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri o‘ng qanot himoyasida o‘ynadi. Chunki jamoa shunga muhtoj edi. Shuningdek, o‘yinga tanlangan strategiyalar ham buni talab qilardi.
Fikrimcha, jamoaning yetakchi futbolchisining qayerda, qaysi joyda o‘ynashi unchalik muhim emas. Asosiysi - jamoa va jamoaning vazifasi", - dedi Mourino. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar