Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari: Top-10

1 daqiqa o'qish3.3K
Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari: Top-10
Foto: Tribuna.uz
«Transfermarkt» portali Tailandda o‘tayotgan (U-23) Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, reytingning dastlabki o‘nligidan O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev ham joy olgan.

Ro‘yxatda Osiyo chempionatining eng qimmat futbolchisi sifatida ikki futbolchi - Janubiy Koreya olimpiya jamoasi a’zosi Chong Vu Yon va Iordaniya olimpiya jamoasi vakili Muso Sulaymon Al-Taamariy qayd etilgan. Germaniyaning «Frayburg» klubining 20 yoshli hujumkor yarimhimoyachisi Chong Vu Yon singari, Kiprning APOEL klubi yarimhimoyachisining narxi – 2 million yevroga baholangan.

Uchinchi pog‘onani Yaponiya olimpiya jamoasi hamda «Yokohama Marinos» klubi chap qanot vingeri Keyta Endo band etgan. 22 yoshli futbolchining transfer bahosi 1,6 million yevroni tashkil etadi.

Top-10likning 6-pog‘onasidan 2018 yilgi Osiyo chempioni, O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev o‘rin olgan. «Nasaf» klubining 21 yoshli futbolchisining transfer bahosi 1,1 million yevroni tashkil etadi.

E’tiborlisi, eng qimmatbaho osiyolik yosh futbolchilarning asosiy qismini yaponiyalik olimpiyachilar tashkil etgan. Quyida reytingning top-10ligi bilan tanishishingiz mumkin:

Osiyo chempionati-2020ning eng qimmatbaho 10 futbolchisi:
1-2. Chong Vu Yon
Mamlakati: Janubiy Koreya
Klubi: Frayburg (Germaniya)
Transfer bahosi: 2 million yevro

1-2. Muso Sulaymon Al-Taamariy
Mamlakati: Iordaniya
Klubi: APOEL (Kipr)
Transfer bahosi: 2 million yevro

3. Keyta Endo
Mamlakati: Yaponiya
Klubi: Yokohama Marinos (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,6 million yevro

4. Daiki Suga
Mamlakati: Yaponiya
Klubi: Konsadole Sapporo (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,3 million yevro

5. Sukasa Morishima
Mamlakati: Yaponiya
Klubi: Sanfrechche Xirosima (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,2 million yevro

6. Aziz G‘aniyev
Mamlakati: O‘zbekiston
Klubi: Nasaf (O‘zbekiston)
Transfer bahosi: 1,1 million yevro

7. Daiki Xasioka
Mamlakati: Yaponiya
Klubi: Urava Red Daymonds (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1,1 million yevro

8. Daiki Sugioka
Mamlakati: Yaponiya
Klubi: Kashima Antlers (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1 million yevro

9. Keysuke Osako
Mamlakati: Yaponiya
Klubi: Sanfrechche Xirosima (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1 million yevro

10. Ao Tanaka
Mamlakati: Yaponiya
Klubi: Kavasaki Frontale (Yaponiya)
Transfer bahosi: 1 million yevro.

Usmon Ibodov tayyorladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?