Foto: AFP/Getty Images
Saudiya Arabistonida tashkillashtirilayotgan «Ispaniya superkubogi»dagi bir holat kulgimni qistatyapti.
Arablar bu turnirga pul tikayotganda (3 yilga 120 million yevro) albatta, moliyaviy jihatdan foyda ko‘rishni o‘ylaganlar, buning uchun o‘yinlardan biri aynan El Klasiko bo‘lishi qiziqishni bir necha barobar oshirib yuborishi turgan gap. Tashkilotchilar ham finalda aynan Real va Barselona to‘qnash kelishini istaganliklari shubhasiz.
Endi qarang, aslida, hech qanday qur’asiz va shartlarsiz El Klasikoni uyushtirish mumkin edi. To‘rtlikda eng nufuzlisi kim? Mamlakat chempioni. Ya’ni «Barselona». Kichik reyting bo‘yicha eng pastdagi jamoa - «Real», chunki ular o‘tgan mavsumda kubok sohibi ham emas, hatto 2-o‘rinni ham olishmadi. Yarim finalda qur’a tashlab o‘tirmay, aynan «Real» - «Barselona», «Atletiko» - «Valensiya» juftliklarini hosil qilish birovning e’tiroziga sabab bo‘lmasdi. Bunday holatlarda 1-4, 2-3 juftliklardan yarim final yasash uchrab turadigan praktika. Ham, El Klasiko ko‘rardik.
Yo‘q, bunday o‘yin finalga ko‘proq yarashadi. Balki shunday o‘ylashgandir, balki qur’ada ataylab uyushtirishgan, balki hammasi halol, shunchaki El Klasiko finalini orzu qilishgan xolos. Balki. Baribir «Real» «Valensiya»ni, «Barselona» «Atletiko»ni yengishiga qattiq ishonishgandir. Axir «Atletiko» «Barselona»ni Ispaniya miqyosidagi biror turnirda oxirgi marta yutganiga fevralda 10 yil to‘lardi.
Qarangki, «Barselona» finalga chiqa olmadi, turnir tashkilotchilari 8 yildan beri «Real» va «Barselona»ni ro‘para qila olmayotgan Chempionlar Ligasi holiga tushib qolishdi. Bechoralar.
Shunga yaqin holat o‘tgan yili Xitoyda ham bo‘lgandi, esingizdami? Xitoyliklar Urugvay, O‘zbekiston, Tailand jamoalarini taklif qilib, to‘rt jamoa bilan «Xitoy kubogi» turnirini tashkil qilishdi. Tabiiyki, asosiy raqib - Urugvay, turnir g‘olibi kim bo‘lsayam, Xitoy Urugvay bilan o‘ynab olishi kerak, aks holda, buni tashkillashdan ne foyda to‘g‘rimi? Urugvayga yaxshigina pul to‘lab olib kelingani aniq. Urugvay - Xitoy finali esa, turnir tashkilotchilarining asosiy rejasi.
Xullas, Urugvay- O‘zbekiston bir juft, narigi yarim finalda Xitoy o‘ziga raqib qilib, eng kuchsiz - Tailandni tanladi va... Yutqazib qo‘ydi.
Natijada finalga Tailand va Urugvay chiqdi. O‘zbekiston va Xitoy 3-o‘rin uchun kuch sinashishdi. Ya’ni, aslini olganda, Tailand va O‘zbekistonning Urugvay bilan o‘ynashi uchun Xitoy katta pul sarflagan bo‘lib chiqdi. Bechora Xitoy O‘zbekiston va Tailand bilan o‘ynash uchun «Urugvay narxini» to‘ladi.
Agar boshqatdan imkon berilsa, albatta, xitoyliklar naqdini, Urugvay bilan yarim finalda bo‘lsayam o‘ynab olishni tanlagan bo‘lardilar, menimcha.
Mana ko‘rasiz, kelasi yili ham Saudiya Arabistoni o‘tadigan Ispaniya Superkubogidagi to‘rt jamoa ichida albatta, «Real» va «Barselona» bo‘ladi. Va ular yarim finalda o‘zaro kuch sinashishadi. Men aytdi, dersiz.
Qahramon Aslanov
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi