La Liganing yangi mavsum taqvimi tasdiqlandi: El Klasiko qachon bo‘ladi?

1 daqiqa o'qish372
La Liganing yangi mavsum taqvimi tasdiqlandi: El Klasiko qachon bo‘ladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ispaniya La Ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 14 avgust kuni rasman boshlanishi tasdiqlandi va musobaqa taqvimi e'lon qilindi.
  • Birinchi turda «Barselona»
  • «Atletik»ka, «Real»
  • «Real Sosiyedad»ga qarshi bahs olib borsa, «Atletiko» o'z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi. Muxlislar kutayotgan prinsipial uchrashuvlardan dastlabki El Klasiko taxminan 25 oktyabrda, javob o'yini esa 9 may atrofida o'tkazilishi kutilmoqda.

Ispaniya La Ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 14 avgust kuni rasman start oladi. Yangi mavsumning ilk turidayoq «Barselona», «Real» va «Atletiko»ni qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. Shuningdek, muxlislar intiqlik bilan kutayotgan El Klasiko va Madrid derbisining taxminiy sanalari ham ma’lum bo‘ldi.

Grandlarni ilk turda qanday raqiblar kutmoqda?

14–16 avgust kunlari o‘tkaziladigan birinchi turda «Barselona» «Atletik»ka qarshi maydonga tushadi.

«Real» esa «Real Sosiyedad» bilan bahs olib boradi. «Atletiko» o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi.

Birinchi turning barcha uchrashuvlari

  • «Barselona» — «Atletik»;

  • «Real» — «Real Sosiyedad»;

  • «Atletiko» — «Malaga»;

  • «Alaves» — «Xetafe»;

  • «Selta» — «Osasuna»;

  • «Deportivo» — «Elche»;

  • «Espanyol» — «Levante»;

  • «Rasing» — «Vilyarreal»;

  • «Sevilya» — «Rayo Valekano»;

  • «Valensiya» — «Betis».

El Klasiko sanalari ma’lum

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi prinsipial uchrashuvlar 10 va 35-turlarga belgilangan.

Dastlabki El Klasiko taxminan 25 oktyabr kuni, ikkinchi bahs esa 9 may atrofida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Biroq La Liga tur uchrashuvlarining aniq sanasini oldindan belgilamaydi. Masalan, 25 oktyabrga qo‘yilgan El Klasiko amalda 23–25 oktyabr oralig‘idagi istalgan kunda bo‘lib o‘tishi mumkin.

«Barselona» — «Atletiko» bahslari

Kataloniyaliklarning «Atletiko»ga qarshi uchrashuvlari taxminan quyidagi kunlarga to‘g‘ri keladi:

  • birinchi o‘yin — 8 noyabr;

  • javob bahsi — 7 fevral.

Ushbu bahslar ham mavsum taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Madrid derbisi qachon bo‘ladi?

«Real» va «Atletiko» o‘rtasidagi Madrid derbilari taxminan 20 sentyabr va 4 aprel kunlariga rejalashtirilgan.

Prinsipial uchrashuv

Birinchi bahs

Ikkinchi bahs

«Barselona» — «Real»

25 oktyabr atrofida

9 may atrofida

«Barselona» — «Atletiko»

8 noyabr atrofida

7 fevral atrofida

«Real» — «Atletiko»

20 sentyabr atrofida

4 aprel atrofida

Shu tariqa, La Liganing yangi mavsumi ilk turlardanoq qizg‘in va murosasiz kurashlar bilan boshlanishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?