3 467
O‘zbekistondagi 2 telekanal “YEVRO-2020“ musobaqasining eksklyuziv translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar futbol bo‘yicha 16-Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning 60 yillik tarixida birinchi marta chempionat bitta mamlakat hududida emas, balki butun Yevropa bo‘ylab 12 ta shahardagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi.
UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV) millionlab futbol muxlislarining qiziqishidan kelib chiqqan holda, YEVRO-2020 musobaqasini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, YEVRO-2020 musobaqasida 24ta terma jamoa bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. O‘yinlar Ozarbayjon Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va Shotlandiya mamlakatlaridagi stadionlarda o‘tkaziladi.
O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00, 21:00 va 00:00 da boshlanadi.
UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanali muxlislari YEVRO-2020 musobaqasidan o‘rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda, parallel ravishda ikki tilda — o‘zbek va rus tillaridagi sharhda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
YEVRO-2020 o‘yinlarini FUTBOL TV sharhlovchilari bilan bir qatorda taniqli rossiyalik sharhlovchilar – Denis Kazanskiy, Aleksandr Yelagin va Dmitriy Mostovoylar sharhlab borishadi.
O‘yinlardan tashqari telekanallarimiz orqali YEVRO-2020 kundaligi — “Highlights”lar ham efirga uzatib boriladi. Bu dastur orqali muxlislar YEVRO-2020dan o‘rin olgan o‘yinlarning eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilishlari, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, shuningdek, rekordlar va boshqa muhim faktlar bilan tanishib borishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Yevropa chempionatining markaziy o‘yinlari oldidan va uchrashuvlardan so‘ng tashkil etiladigan “Futbol studiya” dasturida sharhlovchilar va mutaxassislar tomonidan qiziqarli tahlillar jonli efirda namoyish qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin