“Napoli” – “Barselona”. Kike Seten va Jennaro Gattuzo o‘yindan oldin nimalar deyishdi?

1 daqiqa o'qish2.7K
“Napoli” – “Barselona”. Kike Seten va Jennaro Gattuzo o‘yindan oldin nimalar deyishdi?
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan “Napoli” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan ikkala klub bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Kike Seten: “Men doim shogirdlarimga kuchli o‘yinlar paytida kuchni yetarlicha taqsimlashni o‘rgatganman. Raqib xatolarini kutishimiz kerak. Bu bugungi o‘yinda ham asosiy rejalarimizdan biri bo‘lib qoladi. “Napoli”ni yetarlicha o‘rganib chiqdim. Guruh bahslarida super natijalar qayd etishdi. Ular bu mavsumda “Liverpul”ni mag‘lub etishdi. Hech bir o‘yinga bee’tibor qarash kerak emas, ayniqsa u Chempionlar ligasida bo‘lsa. Shuning uchun o‘zimizni yaqqol favorit demagan bo‘lardim. “Napoli”ni ichki chempionatda ishlari uncha ham yaxshi emas. Bor kuchlarini ushbu musobaqaga tashlaganlari aniq”.

Jennaro Gattuzo: “Bizni katta imtihon kutib turibdi. Futbolchilarimning kayfiyati uncha yomon emas. Ular buyuk klubga qarshi o‘z maydonlarida harakat qilishadi. Stadionimiz super muhitni yaratib berishga tayyor. Raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, bizda raqibga qarshi umuman qo‘rquv yo‘q. Tan olib aytamanki, “Barsa” so‘nggi 15 yillikning eng yaxshi klublaridan. Tarkibimizda sezilarli yo‘qotish mavjud – Kulibali jarohati sabab qaydnomaga kiritilmadi. Ammo bu bugun bor imkoniyatlarimizdan foydalanishimizga to‘sqinlik qilmaydi deb o‘ylayman”.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” – “Barselona” uchrashuvi tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?