
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland Ispaniya chempionatini o‘g‘li uchun mos deb hisoblaydi.
"Men "Borussiya" uchun ham, o‘g‘lim uchun ham xursandman. Eng muhimi, u avvalgidek o‘sishda davom etishi kerak. U doimo to‘purar sifatida yaxshi bo‘lgan, ammo u ko‘plab paslar ham beradi. Albatta, men u bilan faxrlanaman.
Erling bilan yuzdan ortiq jamoalar bog‘langan. Bu to‘g‘ri, La Liga - o‘g‘lim uchun juda yaxshi chempionat. U yerda ajoyib jamoalar bor. U Ispaniyada o‘ynaydimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Ko‘ramiz", - deydi Xolandning otasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar