2 197
Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi
Xabaringiz bor, ayni paytda koronavirus pandemiyasi sabab deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilgan. Jumladan, mamlakatimizda ham futbol mavsumi karantin sabab vaqtincha tanaffusga chiqqan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha bo‘linmalari karantin qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda o‘z faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda.
Shu jumladan, terma jamoalar bo‘limi vakillari, turli yoshdagi terma jamoalar murabbiylar shtabi ham belgilangan vazifalar bo‘yicha ish olib borishyapti. O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, onlayn videomuloqot orqali amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.
Bugun O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida koronavirus sabab yuzaga kelgan ayni tanaffus, uning terma jamoalar taqvim rejasiga ko‘rsatadigan ta’siri, ushbu vaqt oralig‘ida terma jamoalarga nomzod futbolchilarning sport formasini barqaror tarzda ushlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar batafsil muhokama etildi.
Har bir terma jamoa ustozi o‘z qo‘l ostidagi jamoaga nomzod futbolchilar bilan muntazam aloqada ekani haqida ma’lumot berib, murabbiylar shtabi tomonidan futbolchilar uchun uyda bajarish lozim bo‘lgan mashg‘ulotlar majmuasi ishlab chiqilgani hamda o‘yinchilar uy sharoitidagi mashg‘ulotlari xususida axborot berib borishayotgani ta’kidlandi.
Qolaversa, terma jamoalar bo‘limi karantin davri tugagach barcha yoshdagi terma jamoalar uchun zarur o‘yin hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish borasidagi ishlarni aslo to‘xtatmagani alohida qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi