Belarusning mashhur nashri - “Pressbol” mutasaddilari va mutaxassislari joriy chempionat boshlanganidan buyon o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboyevning o‘yinini tahlil qilib kelmoqda. Avvaliga hamyurtimizning harakatlaridan hayratlangan nashr ekspertlari endi “Paxtakor”dan ijaraga olingan futbolchining o‘yinida susayish davom etayotganini ta’kidlamoqda.
O‘zbekistondan kelgan yigitning mavsum boshidan chempionatni gullatganini yaxshi eslaysiz, - deb yozadi “Pressbol”. – Ilk uchrashuvlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Jasur “BATE” darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi, “Rux” bilan bo‘lgan bahsda ajoyib assistni amalga oshirdi. Keyin uning aniq zarbasi “Minsk” posbonini ojiz qoldirdi.
Dastlabki uch turdan so‘ng “Energetik-BGU” turnir peshqadamiga, Jasur Yaxshiboyevning o‘zi chempionatning eng zo‘r o‘yinchisiga aylandi.
Keyin esa...
Hammasi orqaga keta boshladi. Ketma-ket uchrashuvda quruq va golsiz mag‘lubiyat. Musulmonlar uchun muborak bo‘lgan Ramazon oyida Yaxshiboyev ro‘za tutgan holda to‘p surdi va o‘z hisobiga to‘rtta gol yozib qo‘ydi. Bu gollarning barchasi penaltidan kiritildi.
May tugab, yoz boshlandi. Jasurning statistikasi ham quriy boshladi. Iyun oyining uchta uchrashuvida na gol urdi, na golli pas oshira oldi.
Yaxshiboyev o‘yinidagi pasayish davom etadigan ko‘rinadi. Chunki uning hozirgi o‘yinlarida avvalgi saviya, oldingi ishtiyoq, jozibali dribling va ajoyib samaradorlik yo‘qotila boshlaganiga ancha bo‘ldi.
Xo‘sh, avvalgi Jasur qani?
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi