
Foto: «Bavariya» FK
Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining finalidan o‘rin olgan «Bayer» va «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4 iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda myunxenliklar David Alaba va Serj Gnabrining gollaridan so‘ng oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda darvozalar yana to‘rt bor ishg‘ol etildi. Robert Levandovskining dubliga leverkuzenliklar Sven Bender va Kay Haversning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa «Bavariya» o‘z tarixida 20 marta va ketma-ket ikki bor Germaniya Kubogiga ega chiqdi. O‘z tarixida bir marta (1993 yil) kubokni qo‘lga kiritgan «Bayer» esa uchinchi finalni boy berdi (2002, 2009, 2020).

«Bayer» — «Bavariya» 2:4
Gollar: 0:1 – 16 Alaba, 0:2 – 24 Gnabri, 0:3 – 59 Levandovski, 1:3 – 63 Bender, 1:4 – 89 Levandovski, 2:4 – 90, penalti Havers.
«Bayer»: Gradetski, Vendell, Bender, Tapsoba, Havers, Arangis, Diabi, Baumgartlinger (Demirbay, 46), Beyli (Belarabi, 76), Amiri (Folland, 46), Bender (Vayzer, 82).
«Bavariya»: Noyer, Pavar, Alaba, Boateng (Lyuka Ernandes, 69), Kimmix, Gnabri (Koutino, 87), Devis, Goretska, Koman (Perishich, 64), Levandovski, Myuller (Alkantara, 87).
Ogohlantirishlar: Vendell (28), Levandovski (67).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar