Rossiya futbolida qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. “Ufa”ni kuchli klubga aylantira olgan bosh direktor Shamil Gazizov xuddi shu lavozimdagi faoliyatini Moskvaning “Spartak” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Ekspertlar Shamil Gazizovni ishni to‘g‘ri tashkil qilish, iste’dodli futbolchilarni tanlash, zarur mutaxassislar bilan til topishishga ustaligini alohida ta’kidlamoqda. Shuningdek, ko‘pchilik Shamil Gazizovdan “Ufa”ga taklif qilgan futbolchilaridan eng zo‘rlarini “Spartak” jamoasiga olib o‘tishini ham kutmoqda.
Birinchi navbatda, yangi bosh direktor “Spartak” boshqaruvini “Ufa”ni raqobatbardosh jamoaga aylantira olgan Vadim Yevseyevga topshirishi mumkin. Qolaversa, “Spartak” duch kelayotgan asosiy muammo – o‘yinni tashkil qilishga qodir futbolchilar masalasini ham “Ufa”da sinovdan o‘tgan charm to‘p ustalari evaziga hal etilishi mumkin.
Demak, ekspertlar Shamil Gazizov birinchi navbatda asosiy e’tiborini uch futbolchiga qaratishini taxmin va tahlil qilmoqda.
“Spartak” markaziy himoyani kuchaytirishi kerak. Bu joyga eng munosib nomzod gruziyalik Jamol Tabidze. 23 yoshli futbolchi joriy chempionatda to‘pni raqibdan olib qo‘yish bo‘yicha peshqadam. U har bir uchrashuvda o‘rtacha uch marotaba raqibni to‘psiz qoldirmoqda. Unda himoyachiga xos barcha xususiyatlar yaxshi shakllangan. Bundan tashqari, turli masofalarga aniq pas berishda ham “Ufa”ning yetakchi futbolchilari qatorida turadi. “Spartak”ning himoyadan va pressingdan chiqishda uzun paslardan foydalanishini inobatga olsak, bu futbolchi o‘z o‘yin usuli bilan moskvaliklarni yanada kuchaytirishi mumkin.
“Ufa”ning ikki o‘yinchisi – Daniil Fomin va Oston O‘runov “Spartak”ning maydon markazidagi ustunligini ta’minlashga qodir.
“Spartak” ba’zan juda sodda o‘ynayapti. Pozitsion hujum tashkil qilishda kamchiliklar bor. “Ufa” vakillari esa bu ishning ustasi.
23 yoshli Fomin markaziy yarim himoyachi sifatida to‘p surishiga qaramay, tez-tez hujumga qo‘shiladi va jamoasining to‘purariga aylanib qolgan. Uning kuchli zarbasi turli masofalardan darvozaga aniq yetib bormoqda. Bundan tashqari, Fomin uzoq masofaga aniq to‘p oshira oladi. Bu “Spartak” hujumchilari Sobolev va Ponse uchun ayni muddao bo‘lardi. Yarim himoyachining yana bir ustunligi doimo himoyaga qaytib o‘ynashida. U mehnatdan qochmaydi.
19 yoshli o‘zbek legioneri Oston O‘runov jamoasining eng yaxshi dribling ustasi. Undan to‘pni olib qo‘yish juda qiyin. Yaqinda aynan “Spartak” jamoasiga qarshi o‘yinda hech kim Ostonga teng kela olmadi. O‘runov texnikasi kuchli futbolchi sifatida fol ishlash bo‘yicha ham “Ufa”da yetakchi hisoblanadi. Raqiblar bir o‘yin davomida unga nisbatan o‘rtacha ikki marta qoida buzadi. Shuningdek, o‘zbek futbolchisi zarbaga moslab to‘p uzatishda peshqadam.
O‘runovning shuncha fazilatini kutilmagan nostandart paslari va yuqori texnikasi ham bezamoqda.
Albatta, “Spartak” bu futbolchilarning barini birdan transfer qila olmaydi. Lekin ular kimnidir tanlashi mumkin. Buni esa vaqt ko‘rsatadi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi