15:34 / 12.07.2020
2 194

UFC 251. Kamaru Usmon Xorxe Masvidalni mag‘lub etdi va chempionlik kamarini himoya qildi

UFC 251. Kamaru Usmon Xorxe Masvidalni mag‘lub etdi va chempionlik kamarini himoya qildi
Foto: UFC
Toshkent vaqti bilan 12 iyun, yakshanba tongida Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da UFC 251 musobaqasi o‘tkazildi.
Kechaning asosiy jangida yarim o‘rta vazn toifasida kamar sohibi Kamaru Usmon (17-1) da’vogar Xorxe Masvidalga (35-14) qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Ilk raundni yaxshi boshlagan Masvidal keyingi raundlarda ustunlikni Usmonga topshirib qo‘ydi. Hakamlar esa Usmonning 50-45 50-45, 49-46 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Kamaru Usmon chempionlik kamarini munosib himoya qila oldi.

Yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik jangida Aleksander Volkanovski (22-1) Maks Holloueyni (21-6) ochkolar hisobida (48-47, 48-47, 47-48) mag‘lubiyatga uchratib chempionlik kamarini himoya qildi.

O‘ta yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan chempionlik kamari uchun jangda bo‘lsa, Petr Yan (15-1) tajribali raqibi Joze Aldoni (28-7) 5-raundda nokautga uchratib, chempionlikka ega chiqdi.

Barcha janglar natijalari bilan tanishing:
- Kamaru Usmon Xorxe Masvidalni ochkolar evaziga mag‘lub etdi;
- Aleksander Volkanovski Maks Holloueyni ochkolar evaziga mag‘lub etdi;
- Petr Yan Joze Aldoni 5-raundda nokautga uchratdi;
- Rouz Namayunas Jessika Andradeni ochkolar evaziga mag‘lub etdi;
- Amanda Ribas Peyj Vanzantni muddatidan avval taslim qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 251. Kamaru Usmon Xorxe Masvidalni mag‘lub etdi va chempionlik kamarini himoya qildi