23:45 / 28.07.2020
2 415

Odil Ahmedov: O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi

Odil Ahmedov: O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi
O‘zbekiston terma jamoasi va “Shaxay SIPG” yarim himoyachisi Odil Ahmedov “Ufa”da o‘ynagan Oston O‘runovning “Spartak” jamoasiga o‘tayotgani bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

"Men Oston O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi haqida ko‘p bora eshitdim va umid qilamanki, hammasi shunday bo‘lib chiqadi. O‘runovda jangovarlik sifati bor, haqiqiy professional va shuning uchun ham “Spartak”da o‘ynab ketishiga ishonaman.

Men Ostonni yaxshi bilaman. Bir marta O‘runov “Ufa”ni uyaltirib qo‘ymasligi haqida Vadim Yevseyevga ham xabar yozgandim, garchi ilgari u bilan hech qachon muloqot qilmagan bo‘lsam ham. Oxir-oqibat shunaqa bo‘lib chiqdi. Oston O‘runov “Spartak”dagi o‘yini orqali o‘zbek futboli imijini ko‘tara olishiga aminman. Endi O‘zbekistonda ko‘pchilik “Spartak” jamoasiga muxlislik qila boshlaydi.

Menda Tedeskoning telefon raqami yo‘q, uni tanimayman, agar bilganimda unga ham xabar yuborgan bo‘lardim
", - deydi Odil Ahmedov.

Ta’kidlash joizki, Oston O‘runov Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan “Ufa”ga 200 ming yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. “Spartak” ufaliklar tarkibida ishonchli o‘yinlari bilan qator klublar e’tiborini jalb qilgan futbolchimiz transferi uchun 2 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgan. Ostonning Moskvadagi maoshi yiliga 600 ming yevroni tashkil qilishi aytilmoqda.

O‘z navbatida, Oston O‘runovning Odil Ahmedov bilan munosabati yaxshi. 19 yoshli futbolchi terma jamoa safida Odil Ahmedovdan maslahat olgani va terma jamoa sardorining gaplari uning o‘yin uslubiga ta’sir qilganini tan olgan edi. O‘shanda Odil yosh futbolchiga raqiblarni aldab o‘tishga kirishib ketmasdan, bitta o‘yinchini ortda qoldirgandan keyin to‘pni jamoadoshlariga yetkazib berishni tayinlagan. Oston hamon shu maslahatga amal qilishini e’tirof etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi