Tedesko O‘runov haqida: Uch hafta mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchini maydonga tushira olmayman

Tedesko O‘runov haqida: Uch hafta mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchini maydonga tushira olmayman
Rossiya premyer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Spartak" Moskva - "Sochi" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda jamoalar 2-2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Moskvaliklar bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yindan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanida jurnalistning yangi xarid qilingan Kokorin va O‘runovni nega maydonga tushirmagani haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi:

"Menimcha, bu normal holat. Kokorinda barchangiz guvoh bo‘lganingizdek kichik jarohat bor. U biz bilan endi shug‘ullana boshladi. Umid qilamanki, tez orada uni maydonda ko‘ra olamiz.

O‘runov holati ham kundek ravshan. 3 hafta mashg‘ulotsiz qolgan futbolchini maydonga tushira olmayman. Oston koronavirusni yengib o‘tdi va tiklanishi biroz vaqt talab qiladi. Jamoaviy mashg‘ulotlarimizda ishtirok etmoqda. Uning tayyorligini sezsam, albatta maydonga tushadi
".

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar