14:20 / 16.08.2020
3 138

Messi «Barselona»dan ketmoqchimi?

Messi «Barselona»dan ketmoqchimi?
Foto: «FootBoom»
«Barselona» sardori, argentinalik forvard Lionel Messi jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda SORЕ xabar berdi.
Messiga yaqin manbalardan biri «Bavariya»dan qabul qilingan mag‘lubiyatda jamoa rahbariyatini ayblayotgan 33 yoshli futbolchi 2021 yil yozigacha qadar tuzilgan shartnomasi muddatini uzaytirmoqchi emas degan.

Leo jamoada qolishining yagona sharti «Barselona» rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilishidir, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Kike Seten iste’foga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi «Barselona»dan ketmoqchimi?