
“Bavariya” ustozi YECHL finalida PSJ ustidan qozonilgan (1:0) g‘alabadan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.
“Juda tez o‘yin bo‘ldi. Imkoniyat har ikkala jamoada bo‘ldi, ammo bizda dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor, u bizni bir necha vaziyatlarda qutqardi va o‘yinda qolishimizni ta’minladi. “Bavariya” qoyilmaqom o‘yin namoyish etdi. Boisi ko‘pchilik PSJning ajoyib hujum chizig‘iga qarshi qanday himoya olinishimiz haqida savol bergandi.
Bu borada juda yaxshi ishladik. Jamoa ishga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatini namoyish etdi. Buni ko‘rish yoqimli. Joriy mavsum nihoyat Koman Riberi va Robbening soyasidan chiqa oldi. Kinglisda iqtidor juda ham yuqori, bu safar esa u gollar ura olishini ham namoyish qildi. Men g‘alabani nishonlash qachon yakuniga yetishi haqida gapira olmayman. Nimanidir yutganingda uni nishonlash — to‘g‘ri ish. Bayram kechasi bo‘lishi kerak va uning qachon tugashini esa bilmayman”, — deydi Xans Flik.
BavariyaYECHL finaliPSJ g‘alabasiDarvozabonO‘yinda qolishJamoa ishga O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar