
“Barselona” rahbariyati Lionel Messini olmoqchi bo‘lgan jamoalar uchun futbolchining badal puli miqdorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Messining xaridori kataloniyaliklar hisobiga 700 ming yevro o‘tkazib berishi kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barsa” xo‘jayinlari bu summani Messini sotish uchun emas, balki jamoada olib qolish uchun e’lon qilgan.
Argentinalik hujumchining klub bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yganicha, hali qayta tiklagani yo‘q. Transfermarkt.de portali Messining transferini 112 million yevroga baholamoqda.
Messiga “Inter”, PSJ va “Manchester Siti” xaridor bo‘layotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar